Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘dodda Turkiya va Iroq bosh vazirlarining uchrashuvi jurnalistlar uchun yopiq holda o‘tkazildi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Bag‘dodda shanba kuni turkiyalik hamkasbi Binali Yildirimni qabul qildi. Uchrashuv OAV uchun yopiq holda o‘tkazilgan, deb xabar beradi Turkiyaning Anadolu agentligi.
Bag‘dod va Anqara munosabatlari Turkiya 2015 yilning oxirida iroqlik harbiylarning ruxsatisiz mamlakatning Nayvan viloyati hududiga o‘z qo‘shinlarini kiritgani sabab yomonlashgandi. Bu iroqlik ko‘ngilli askarlarga IShID bilan kurashda yordam berish maqsadida amalga oshirilgan, deyiladi xabarda.
Yildirim shanba kuni Iroqqa har ikki mamlakatlar munosabati yomonlashganidan so‘ng birinchi marta rasmiy tashrif bilan keldi. U Iroqda ikki kun bo‘lishi rejalashtirilgan.

Anadolu’ning ta'kidlashicha, Turkiya bosh vaziriga vazirliklar delegatsiyasi, jumladan, mudofaa vaziri Fikri Ishiq ham hamrohlik qilmoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra, Yildirim Iroq prezidenti Fuad Mosum, parlament spikeri Salim al-Jaburiy va Iroq Kurdistoni rahbariyati bilan uchrashadi.

Mavzuga oid
11:16
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
09:51 / 06.05.2026