Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokuda Iraq Airlines idorasi xodimi o‘ldirildi
Iraq Airlines aviakompaniyasining Ozarbayjon poytaxti Bokudagi idorasida otishma sodir bo‘lib, kompaniyaning bir xodimi o‘ldirildi. Bu haqda Report axborot agentligi xabar bermoqda.
Otishmani o‘rta yoshlardagi erkak sodir etgan. Keyinroq aniqlanishicha, qurbon Iroqning Ozarbayjondagi elchisi tarjimonining ukasi Ali Valid o‘g‘lu Agali bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea aviakompaniya idorasi joylashgan, Bokudagi Dəmirci Tower biznes-markazidagi binoning 3-qavatida sodir bo‘lgan.
Qurbon 1993 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Bokuda yashagan. U vinchester rusumidagi miltiqdan otib o‘ldirilgan. Qotillikni sodir etishda gumon qilinib 1989 yilda tug‘ilgan, aviakompaniyaning Ozarbayjondagi vakolatxonasida haydovchisi bo‘lib ishlagan Elshan Rafayat o‘g‘lu Bashirov qo‘lga olingan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyat maishiy kelishmovchilik sabab sodir etilgan. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
20:52 / 28.01.2026
“U yaxshi niyatining qurboni bo‘ldi” - Durdona Hakimova fojiasi haqida
13:25 / 25.01.2026