Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marokashda yuz bergan YTHda kamida 10 kishi tiriklayin yonib ketdi
Foto: AFP© Fotolia/ Thaut Images
Marokash janubida yuz bergan halokat oqibatida o‘n kishi tiriklayin yonib ketdi, yana 22 nafar inson jarohatlandi. Bu haqda “Frans Press” agentligi mahalliy nashrlarga asosan xabar bergan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi shanbaga o‘tar kechasi mamlakat janubida joylashgan Ag‘adir shahridan 41 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan, shundan so‘ng transport vositalari yonib ketgan.
Jarohat olganlardan bir nechtasi Marrakesh shahriga vertolyotda olib ketilgan, qolganlar esa Ag‘adirdagi kasalxonalarga yotqizilgan.
Hukumat voqea sabablarini o‘rganishga kirishdi.
Mavzuga oid
12:53
Toshkentdagi YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
11:25 / 13.02.2026
Toshkent ko‘chalariga panjaralar qaytyapti. Ular xavfli bo‘lgani uchun olib tashlangandi
08:33 / 13.02.2026