Jahon | 22:06 / 07.01.2017
8234
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda 300 mingta "iflos" mashina yo‘q qilinadi

Foto: EPA

Pekin hukumati 2017 yilda atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurash doirasida shahar ko‘chalarida atmosferaga katta miqdorda zararli chiqindilar chiqaruvchi mashinalar sonini 300 mingtaga kamaytirmoqchi. Bu haqda shahar meri vazifasini bajaruvchi Tsay Tsiga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda

Avvalroq Pekinning avtotransportni boshqarish departamenti direktori Li Kunshen Xitoy poytaxtida har yili atmosferaga 500 tonna chiqindi chiqaruvchi 5,65 mln ta transport vositasi borligini aytgan. Uning aytishicha, avtotransport Pekin havosining PM 2.5 zararli zarralar bilan ifloslanishining 30 foizidan ko‘prog‘i manbasi hisoblanadi.

Ma'lum qilinishicha, 2017 yilda shahar rahbariyati ko‘mirni iste'mol qilishni 30 foizga kamaytiradi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi 500 ta korxona yopiladi, 2,6 mingta korxona yuqoriroq ekologik standartlarga mos kelishi uchun modernizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, atrof-muhit muhofazasi buzilish holatlari, jumladan ochiq havoda pikniklar uyushtirish, chiqindilarni yoqish va boshqalarni nazorat qiladigan "tabiatni qo‘riqlash politsiyasi" tashkil etiladi.  

2,5 mikrondan kichikroq PM 2.5 zarrachalari havoda tumanga o‘xshash his vujudga keltiradi va inson ichiga kirib, o‘pkasida o‘tirib qoladi va natijada bo‘g‘ilishga va boshqa jiddiy muammolarga olib keladi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid