Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning Azazidagi teraktda jarohatlanganlar 100 kishidan oshib ketdi
Suriyaning Azaz shahrida sodir etilgan portlash oqibatida jarohatlanganlar 100 kishidan oshib ketdi, deb ma'lum qildi Sputnik axborot agentligi.
Sputnik manbalarining ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlar soni o‘zgarishsiz qolgan, ya'ni 60 kishini tashkil qilmoqda, jarohatlanganlar soni esa 110 nafargacha oshgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va yaralanganlar "Ahror ash-Shom" muxolif guruhi jangarilaridir. Minalashtirilgan avtomobil ularning sud organi shtabi yonida portlatilgan.
Azaz Suriya muxolifati tomondan nazorat qilinadi va Suriyaning shimolida, Turkiya bilan chegaradosh hududda joylashgan.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha birorta ham terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
22:04 / 31.05.2026