Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada favqulodda haroratda qishki veloparad bo‘lib o‘tdi (fotojamlanma)
8 yanvar kuni, kuchli ayozga qaramay, Moskvada ikkinchi qishki veloparad start oldi. Kimdir ishtirokchilarni aqldan ozgan desa, boshqalar aksincha, keng ko‘lamli loyiha uchun faxr tuyg‘usini his qilishdi va qatnashchilarni shaharning eng yaxshi kishilari, deya atashdi. TJ nashri tadbirkning eng sara suratlarini jamlab, taqdim etdi.
7 yanvar kuni kuchli sovuq harorat kuzatilgan Moskva shahrida xavfning olovrang darajasi qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Biroq sinoptiklarning ogohlantirishlariga qaramay, poytaxt hukumati va tashkilotchilar veloparadani boshqa kunga ko‘chirish yoki bekor qilishdan voz kechishgan, keyinroq esa tadbir borasida ishtirokchilarni ogohlantirishgan. Bu internet foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘ldi.
8 yanvarga o‘tar kechasi Moskvada rekord darajadagi 36 daraja sovuq harorat qayd etildi. Ertalab havo harorati 26 daraja sovuqqa tushdi va soat 11da veloparad Kreml tomon start oldi.

Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026