Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Tramp bilan suhbatlardan zavq olganini aytdi
Foto: © AP Photo/ Pablo Martinez Monsivais
AQSh prezidenti Barak Obama ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan suhbatlar qiziq va "dilkash", Tramp esa takliflar uchun ochiq bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi. Obama bu haqda 8 yanvarda efirga chiqadigan "Bu haftada" dasturida so‘zlab bergan.
Obamaning aytishicha, u Trampga Oq uyni boshqarish boshqa istalgan ishdan farq qilishini tushuntirishga harakat qilgan.
"Siz Oq uyni oilaviy biznesingizni boshqargandek boshqara olmaysiz. Sizga kuchli jamoa lozim. Siz to‘g‘ri qarorlar qabul qilishingiz uchun davlat institutlarini hurmat qilishingiz kerak, chunki siz boshqa odamlarga bog‘liqsiz", deb maslahat bergan Obama Trampga.
Obama u va Tramp "qaysidir ma'noda bir-birlariga zid ekanliklarini", biroq ularda umumiy jihat – o‘zlariga ishonch borligini aytgan.
"Bu, ehtimol, ishimiz uchun eng zarur shart hisoblansa kerak yoki bu ishni eplay olaman deb o‘ylash uchun qandaydir ma'noda telba bo‘lish zarur", deb aytgan Obama.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026