Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyaning Geteborgida 6 soatlik ish kuniga o‘tishdan voz kechildi
Shvetsiyaning Geteborg shahrida shahar muassasalari ishchilarini 6 soatlik ish kuniga o‘tkazish bo‘yicha ikki yillik tajriba natijalari bo‘yicha hisobot berildi. Tajriba davomida bu tashabbus juda qimmatga tushishi aniqlandi.
Ba'zi shved kompaniyalari o‘z xodimlarini 6 soatlik ish kuniga maoshlarini saqlab qolgan holda o‘tkazayotganlariga OAV 2015 yilda e'tibor qarata boshlagandi. Bu tajriba axborot texnologiyalari kompaniyalarida joriy qilingan va u yerda tajriba natijalaridan mamnun bo‘lishgan. Xodimlar ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishgan va pochtalarini kamroq tekshira boshlashgan hamda buning o‘rniga bevosita o‘z majburiyatlari bilan shug‘ullanib, uni samaraliroq bajara boshlashgan.
O‘shanda tajribada Geteborg shahri korxonalari ham ishtirok etgandi. Hukumat ikki yil davomida 6 soatlik ish kunini qariyalar uyi Svartedalen’da sinovdan o‘tkazdi. 2017 yil yanvar boshida mahalliy hukumat tajriba yopilishini va u boshqa muassasalarga joriy qilinmasligini e'lon qildi.
Xodimlar o‘z majburiyatlarini yaxshiroq eplay boshlashganiga qaramasdan, bu g‘oya juda serxarajat bo‘ldi. Unumli ish uchun qo‘shimcha xodimlarni yollashga to‘g‘ri kelingan. Shahar hukumatining aytishicha, shahar muassasalarini 6 soatlik ish kuniga o‘tkazish uchun katta mablag‘lar talab etiladi. Amaldorlar hukumatdan yordam so‘rashga ham to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytishgan.
Misol uchun, qariyalar uyidagi 68 hamshiraning qisqartirilgan ish soatlarini qoplash uchun muassasa rahbariyati yana 17 nafar hamshirani yollashiga to‘g‘ri kelgan va bu unga 1,3 mln dollarga tushgan.
Shahar hukumati 6 soatlik ish kunini shahar ishchilari uchun "ongli muddatlarda" tatbiq qilishning imkoni yo‘qligini tan olgan.
Mavzuga oid
15:43 / 20.11.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida organik quyosh batareyalari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
09:10 / 15.11.2025
Stokholm markazida avtobus bekatga kelib urildi: halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor
14:08 / 29.10.2025
Shvetsiyada 13–14 yoshlilar uchun hibs markazlari joriy etiladi
11:40 / 30.09.2025