Jamiyat | 16:58 / 09.01.2017
7100
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika universitetiga Gulen tarafdori rektor bo‘ldi

Foto: Aa.com.tr

Turkiyadagi «Fotih» universitetining sobiq rektori Sharif Ali Tekelan AQShning Texas shtatidagi Shimoliy Amerika Universiteti (North American University) rektori etib tayinlandi. Tekelan vatanida Fathulloh Gulenning FETÖ tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinib, qidirilmoqda. 

North American University Texas shtatida FETÖ tashkiloti tarafdorlari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Tekelanning universitet rektorligiga saylangani haqidagi ma'lumot 2016 yil 19 dekabrda oliy ta'lim muassasasi saytiga qo‘yilgan. Gulen tarafdorlari 2010 yili Texasda Shimoliy Amerika kollejiga asos solishgan, keyinchalik, 2013 yilda Shimoliy Amerika Universitetiga aylantirilgan edi. 

Sherif Ali Tekelan Turkiyadan Yevropaga, u yerdan AQShga qochgan. Turkiya huquq-tartibot idoralari 2010 yilda uning test javoblarini abituriyentlarga noqonuniy usul bilan tarqatish, kelishilgan o‘yinlarni uyushtirishda ishtirokini aniqlagan. Sudda uning aybi isbotlansa, Tekelan o‘nlab yillar umrini qamoqda o‘tkazishi mumkin edi. 

U 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinishga ham aloqadorlikda gumon qilinadi.

Shu sababli, Tekelanning ismi-sharifi «eng ko‘p qidirilayotgan terrorchilar» ro‘yxatiga ham kiritilgan bo‘lib, 300 ming turk lirasi (80 ming AQSh dollaridan ortiq) mukofot puli tayinlangan. 

Mavzuga oid