Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya NATO tarkibidan chiqishi mumkin
Fransiya NATO tarkibidan chiqishi mumkin. Buning uchun mamlakatdagi so‘l kayfiyatdagi siyosiy harakat yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishi kerak. Siyosatchi BFM-TV telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
"Sovuq urush tugadi. Ammo, mudofaa xarajatlari oshmoqda. Bu borada Rossiya emas, aksincha AQSh yetakchilik qilmoqda", - degan Melanshon.

"Shu sababli, men prezident sifatida saylansam, Fransiya NATO tuzilmalarini tark etadi. Biz Qo‘shma Shtatlar tomonidan tiqishtirilayotgan harbiy kampaniyalarda ishtirok etishni xohlamaymiz", - degan Fransiya so‘lchilari yetakchisi.
Melanshon, shuningdek, raketalarga qarshi mudofaa (RQM) tizimlarining Sharqiy Yevropada joylashtirilishini ham tanqid qilgan.
"Amerika RQM tizimlari harbiy mojaro yuz bergudek bo‘lsa, butun Yevropani xavf ostida qoldiradi", - deya ishonch bildirgan Melanshon.
Fransiya prezidentlik saylovining birinchi turi 23 aprelda bo‘lib o‘tadi. Ikkinchisi 7 mayga belgilangan. 2012 yilgi saylovlarda ham ishtirok etgan Jan-Lyuk Melanshon 11,13 foiz ovoz to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu safar ham, ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, u nomzodi yetakchi 5 nafar nomzod ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
16:03 / 14.02.2026
“Nils” dovuli sabab Yevropa janubida uch kishi halok bo‘ldi
09:33 / 13.02.2026
Ukraina NATO diqqat markazida: 35 mlrd yordam va havo hujumidan mudofaa inqirozi
14:47 / 12.02.2026
2025 yilning o‘zida 400 mingga yaqin: NATO Rossiya yo‘qotishlarini ochiqladi
13:45 / 12.02.2026