Jahon | 22:09 / 09.01.2017
6462
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston yadroviy zaryad tashuvchi raketani uchirdi

Foto: AP Photo/ Inter Services Public Relations

Pokiston armiyasi yadroviy zaryad tashiy oladigan suv osti raketasini uchirdi. "Bobur-3" raketasi Hind okeanidagi noma'lum hududdagi suv osti kemasidan uchirilgan.

"Raketa turli jangovar zaryadlarni yetkazishga va Pokistonni javob zarbasini berish imkoniyati bilan ta'minlashga qodir", deb aytgan pokistonlik harbiy. 

Ma'lum qilinishicha, "Bobur-3" suv osti raketasi 450 km uzoqlikkacha nishonga ura oladigan "Bobur-2" yer usti raketasining modifikatsiyasi hisoblanadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid