Jamiyat | 14:29 / 09.01.2017
18068
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari YTH tufayli halok bo‘lishdi

Rossiyaning Samara viloyatida 7 yanvar kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Rossiya FVVga tayangan holda xabar berishicha, yo‘lovchi avtobusi va yengil avtomobil ishtirokidagi YTH «Samara-Uralsk» M-32 trassasining 76-kilometrida sodir bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea sabab yengil avtomobilda bo‘lgan Norbek Norboyev, Marks Xudoyberganov (1978 yilda tug‘ilgan) va Qahramon Bobojonovlar (1979 yilda tug‘ilgan) hayotdan ko‘z yumishgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublikaning tegishli vazirlik va mahkamalari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning qarindoshlariga ko‘mak berish bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid