Jahon | 08:20 / 09.01.2017
2824
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey Brexit bo‘yicha yangi rejalarini yaqinda e'lon qiladi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Sky News telekanaliga bergan intervyusida mamlakat Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishida qanday dasturga amal qilishi xususida so‘z yuritdi. Mamlakatning Brexit bo‘yicha maxsus rejasini bosh vazir yaqin haftalarda oshkor qiladi. 

«Men Buyuk Britaniya uchun Brexit’ni qaytarzda to‘g‘ri tashkil etish rejasini yaqinda ma'lum qilaman», — degan Tereza Mey. 

Shu bilan birga, Mey Buyuk Britaniya va YeI o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xususan, Yevropa kompaniyalarining Britaniya hududida faoliyat yuritishiga doir qulay shartlar borasida kelishib olishiga ishonch bildirdi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Brexit bilan Birlashgan qirollik qonunlar va mamlakat ichkarisidagi immigratsiyani mustaqil ravishda nazorat qila olishadi. Fuqarolar referendumda Brexit g‘oyasini ma'qullar ekan, aynan shuning uchun ovoz berishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid