Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2016 yilda 83836 ta korxona ro‘yxatga olindi
O‘zbekistonda 2016 yilda yangi ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar soni 83836 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 7744 tasi Toshkent shahri, 11193 tasi Samarqand, 10879 tasi Toshkent, 8120 tasi Qashqadaryo, 7384 tasi Andijon, 6668 tasi Farg‘ona, 5720 tasi Surxondaryo, 5610 tasi Jizzax, 4539 tasi Buxoro, 4342 tasi Namangan, 4147 tasi Xorazm, 2370 tasi Sirdaryo, 2278 tasi Navoiy viloyatlari va 2842 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 54445 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 9661 tasi sanoat va qurilish, 8549 tasi savdo, 2840 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 1666 tasi tashish va saqlash hamda 6675 tasi boshqa faoliyat turlarida tashkil etildi.
2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) umumiy soni 268,4 mingtani tashkil etib, shundan 218,2 mingtasi kichik tadbirkorlik sub'yektlari hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026