Janubiy Koreya korrupsiya mojarosidagi bosh gumonlanuvchi qizining pasportini bekor qildi
Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Chun Yu Raning pasportini bekor qildi. U mamlakat prezidenti bilan bog‘liq korrupsiya bo‘yicha mojaroda bosh gumonlanuvchi Chxve Sun Silning qizidir. Chun Yu Ra o‘tgan hafta Daniyada Janubiy Koreya prokuraturasi talabnomasiga ko‘ra qo‘lga olindi.
TIV bayonotida ta'kidlanishicha, mahkama Chun Yu Raga avvalroq o‘z xohishi bilan pasportini konsullikka topshirishni so‘ragan, biroq u buni belgilangan muddatda qilmagan. "Shundan so‘ng hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb tan olindi", - ta'kidlashdi vazirlikda.
Tergovning fikricha, 21 yoshli ayol onasi tomonidan tashkillashtirilgan korrupsiya sxemalariga aloqador bo‘lishi mumkin. Chxve Sun Sil mamlakat prezidentligiga yaqinligidan foydalanib, sport va madaniyatni yanada rivojlantirish niqobi ostida mahalliy kompaniyalarni o‘zi tomonidan tashkil etilgan nodavlat jamg‘armalarga katta miqdordagi mablag‘larni o‘tkazishga majbur qilib kelgan. Shu bilan bir qatorda, pullarning aksariyati uning o‘zi tomonidan o‘zlashtirilgan.
Chun Yu Ra keng jamoatchilikka mojaro tafsilotlari oshkor bo‘lgach, Yevropada istiqomat qila boshladi. Janubiy Koreya prokuraturasi esa Interpolga uni hisbga olish bo‘yicha talabnoma jo‘natgan. Ayni damda Daniya sudi uni vataniga chiqarib yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda.
Tergovchilarning fikricha, Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe o‘z dugonasining noqonuniy faoliyatidan xabardor bo‘lgan. Mamlakat yetakchisi mojaro sabab vaqtinchalik o‘z lavozimidan chetlatildi. Bu holat parlament 9 dekabr kuni uning impichmenti uchun ovoz bergach, yuz bergan. Prezident vazifasini vaqtincha bosh vazir Xvan Gyo An bajarib turibdi. Davlat rahbarini hukumatdan chetlatish bo‘yicha jarayon ovoz berish natijalari Konstitutsiya sudi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, o‘z yakuniga yetkaziladi.
Mavzuga oid
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
12:30 / 05.11.2024
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30 / 05.11.2024
YeI va Janubiy Koreya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
21:13 / 04.11.2024