Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada tug‘ilgan ikki boshli chaqaloq bir haftadan kamroq yashadi
Meksikada tug‘ilgan ikki boshli chaqaloq bir haftadan kamroq yashadi, deb xabar bermoqda Fox News axborot agentligi.
Noyob genetik anomaliyaga ega chaqaloq Meksikaning shimolidagi Syudad-Xuarez shahrida dunyoga kelgandi.
"Bu vaziyat yoki nasl bo‘yicha o‘tgan irsiy muammo, yoki bolaning onasiga homiladorlikning birinchi trimestrida (3 oyida) belgilangan dorilar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin", deb aytdi shifokor Lorentso Soberanas.
Shifokorning aytishicha, u bunday holatga faoliyatida birinchi marta uchramoqda. Bunday bolaning tug‘ilishi kamdan-kam uchrashi sabab shifokor va uning hamkasblari bolaning ota-onasi irsiyatini o‘rganishmoqchi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026