Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQShda iPhone’ga o‘xshash to‘pponchalar ishlab chiqarilmoqda
Yevropa huquq-tartibot muassasalari AQShda tashqi ko‘rinishi iPhone smartfonlariga o‘xshash yig‘ma to‘pponchalar paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Bu haqda Standard nashri yozmoqda.
Yevropalik politsiyachilarga "to‘pponcha-telefonlar"ning paydo bo‘lishini kuzatish majburiyati yuklandi. Bu to‘pponchalar Yevropa davlatlariga noqonuniy tarzda olib o‘tilishi mumkin. Ikki stvolli 9 mm kalibrli to‘pponcha AQShning Ideal Conceal kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda va 400 dollar atrofida turadi.
"Smartfon barcha joyda mavjud, shuning uchun sizning yangi to‘pponchangiz bugungi kun muhitiga oson uyg‘unlashib ketadi", deb ta'rif bergan kompaniya o‘z mahsulotiga.
Belgiya politsiyasiga yuborilgan ko‘rsatma ham bu holatni tasdiqlaydi. "Bu to‘pponchani telefondan farqlab bo‘lmaydi", deyilgan ko‘rsatmada.
AQShlik xaridorlar bu to‘pponchani yaqin haftalardan boshlab sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda bu to‘pponchaga 12 mingta buyurtma olingan.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026