Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya maxsus xizmatlari Telegram messenjerini buza olishdimi?
Foto: Reuters
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) eng xavfsiz va yaxshi himoyalangan messenjerlardan biri Telegram ilovasini buzishning uddasidan chiqishgan. Britaniya razvedkasi sobiq xodimining hisobotida shu haqda so‘z boradi. Hujjat Amerika maxsus xizmatlari ixtiyorida paydo bo‘lgan, deb xabar qilmoqda BuzzFeed.
Hisobotda ta'kidlanishicha, Telegram ilovasining shifrlash tizimi FXXning «kuchli qiziqishi»ga sabab bo‘lgan. Mazkur messenjer Rossiya siyosiy faollari va muxolifat vakillari orasida ommabop ekani qayd etilgan. «FXX ushbu dasturiy ta'minotni muvaffaqiyatli buza olgan, shunga ko‘ra, endilikda, undan foydalanish xavfsiz emas», — deyiladi xabarda.
CNN telekanali, Britaniya razvedkasi sobiq xodimining ayni hisoboti, Moskvaning AQSh saylovlariga aralashganiga doir ma'ruzasiga asos bo‘lgani haqida xabar qilgan edi.
Telegram ilovasi — «VKontakte» mualliflari Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan bepul messenjer bo‘lib, matnli xabarlar va mediafayllarni yuborish imkonini beradi.
Mavzuga oid
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi
15:57 / 03.04.2026