Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatida yangi mis eritish o‘chog‘i ishga tushirildi
Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati mis quyish zavodining metallurgiya sexida yiliga 17 ming tonna misni erita oladigan pechka o‘rnatildi. OTMK matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ayni vaqtda uni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
Uning qurilishi 2015 yilda boshlangan edi. Loyiha misni avtomatik ravishda eritib, quyuvchi o‘choqni qurib foydalanishga topshirishni ko‘zda tutgan.
92 mln dollarlik shartnoma Germaniyaning Dobersek Engineering kompaniyasi bilan imzolangan edi. Loyihani moliyalash O‘zbekiston qayta tiklash va taraqqiyot fondi, OTMK o‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
17:57 / 15.06.2026
Prezident muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026