Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘z biznesi boshqaruvini kimga topshirishini aytdi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp uning biznesini katta o‘g‘illari Kichik Donald va Erik Tramplar boshqarishini aytdi. U bu haqda Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanda bildirib o‘tgan.
Uning o‘g‘illariga yuzlab firmalarni boshqarishda ularning maslahatchisi yordam beradi. Trampning yuzlab firmalari uning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadigan 20 yanvargacha trastga topshiriladi. AQShning yangi prezidenti esa barcha ijrochi lavozimlardan ketadi va barcha ma'lumotlardan xabardor bo‘lishdan voz kechadi, u faqatgina kompaniyalarning moliyaviy balansi haqida ma'lumot olib turadi.
Donald Tramp bir vaqtda ham biznesni, ham davlatni boshqara olishi mumkinligini, biroq "bu qanday ko‘rinishi unga yoqmasligini" aytdi. Yangi prezidentning fikricha, uning o‘g‘illari biznesni "mohirlik" bilan boshqara oladilar.
Tramp, shuningdek, AQSh prezidenti sifatida imkoni boricha ko‘proq ish o‘rni yaratishni rejalashtirayotganini aytdi.
Mavzuga oid
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026