Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyadagi ishsizlar soni 1 mlndan oshdi
2016 yilda Koreya respublikasidagi ishsizlar soni 2000 yildan buyon ilk marotaba 1 mln kishidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat hukumati ma'lum qilgan.
"Shunday qilib, mehnatga layoqatli aholining ishsizlik darajasi 3,7 foizga yetgan. Bu esa, so‘nggi 16 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir", - deyiladi xabarda. Bundan tashqari, hisobotda ta'kidlanishicha, 30 yoshgacha bo‘lganlar orasidagi ishsizlik darajasi rekord ko‘rsatkichga yetib, 9,8 foizni tashkil etmoqda.
Janubiy Koreyada ish bilan band bo‘lganlarning umumiy soni 26,2 mln kishini tashkil etadi. 2016 yili iqtisodiyotning sanoat sektorida 4,48 mln kishi ishlagan. Mazkur sohadagi qisqarish 2009 yildan buyon ilk marta kuzatilgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
20:11 / 20.04.2026