18:37 / 12.01.2017
36427

2016 yilning eng qimmatbaho uylari

Global va iqtisodiy beqaror vaziyatda ko‘pchilik yirik moliyaviy xaridlar qilmaslikka harakat qiladi. Ko‘pchilik, lekin hamma emas! Aslini olganda, 2016 yil eng qimmat sotilgan uylar borasida rekord yil bo‘ldi. CNN o‘tgan yilning eng qimmat sotilgan uylariga doir ma'lumot bilan bo‘lishdi.

Taoxuayuan, Xitoy (154 million dollar). Xitoydagi eng ajoyib uyni ko‘rishni istasangiz, Suchjoudagi Taoxuayuanga tashrif buyuring. 72,441 kvadrat fut hududda joylashgan ushbu koshonada 32 yotoqxona, hovuz va bir necha bog‘ mavjud.

Playboy Mansion, Kaliforniya shtati (100 million dollar). Bu uy avgust oyida 100 million dollarga sotilgan. Qasrda uy kinoteatri, alohida mehmonlar xonasi va hatto litsenziyalangan hayvonot bog‘i ham bor.

301 N Carolwood Drive, Kaliforniya (100 million dollar). Kaliforniyadagi yana bir qimmatbaho koshona 30  000 kvadrat fut maydonni egallagan. Unda 10 yotoqxona, 20 vannaxona, basketbol maydoni va 10 mashinaga mo‘ljallangan garaj joylashgan.

Crespi Hicks Estate, Texas shtati (100 million dollar). Yilning eng qimmat baholangan uylaridan biri Dallasda 28 000 kvadrat fut maydonni egallagan. Bu yerda mehmonlar uchun alohida ajratilgan ikki qavatli uydan tortib, to vertolyot qo‘nishiga mo‘ljallangan maydongacha mavjud.

The Penthouse, 432 Park Avenue, Nyu-York (87,7 million dollar). Bu - 2016 yilda Nyu-Yorkda sotilgan eng qimmatbaho uy. 8 255 kvadrat fut hududda joylashgan pentxaus dunyodagi eng baland turar-joy cho‘qqisida joylashgan.

Mavzuga oid
Top