Jamiyat | 12:04 / 12.01.2017
13658
3 daqiqa o‘qiladi

2017 yilning eng mas'uliyatli aeroportlari reytingi taqdim etildi

Britaniyaning OAG kompaniyasi tahlilchilari dunyoning eng mas'uliyatli aeroportlariga doir yangi statistikani taqdim etishdi. OAG 2016 yildagi 54 million parvoz yozuvlarini o‘rganib chiqib, shunga doir yangi reyting bilan bo‘lishdi.

Havayining “Nawaiian Airlines” kompaniyasi so‘nggi 12 oy ichida ro‘yxatning to‘qqizinchi o‘rnidan birinchi o‘rniga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. “Nawaiian Airlines” reyslari o‘z vaqtida parvoz qilish va qo‘nish bo‘yicha boshqa aviakompaniyalar orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Uning 89,87 foiz reysi belgilangan vaqtda amalga oshirilgan.

Ikkinchi o‘rinni Panamaning “Copa Airlines” kompaniyasi egalladi. 88,75 foiz reyslar belgilangan vaqtida parvozga ko‘tarilgan hamda qo‘nishni amalga oshirgan.

Uchinchi o‘rin Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasiga nasib etdi – 87,89 foiz. Aviakompaniya bir yil avval 12-o‘rinni egallagan, bu yil esa 3-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan.

To‘rtinchi o‘rin Avstraliyaning “Qantas” tashuvchisi tomonidan band qilindi. Bu aviakompaniya Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng mas'uliyatli aviakompaniya maqomiga ega. Bu yerda 87,56 foiz reys o‘z vaqtida amalga oshiriladi.

Yaponiyaning “Japan Airlines” aviakompaniyasi joriy yilda bir pog‘ona pastlab, 5-pog‘onani egalladi. Yapon tashuvchisi 86,74 foiz reysni o‘z vaqtida amalga oshiradi.

Buyuk Britaniyaning Flybe” aeroporti 86,2 foiz reysni belgilangan vaqt atrofida bajarib, reytingning 6-o‘rnida qayd etildi.

“Alaska Airlines” aviakompaniyasi 86,05 foiz reyslarini o‘z vaqtida bajarishi bilan 7-pog‘onani band etdi.

Ispaniyaning Iberia” aeroporti 85,67 foiz reysni belgilangan vaqt atrofida amalga oshirib, 8-o‘rinni egalladi.

Buyuk Britaniyaning yana bir aeroporti – “Monarch Airlines”da 85,67 foiz reys o‘z vaqtida parvoz qiladi va o‘z vaqtida qo‘nadi – 9-o‘rin.

Singapurning “Singapore Airlines” aeroporti 85,19 foiz reysni belgilangan vaqtda bajarib o‘nlikning so‘nggi pog‘onasidan o‘rin oldi.

Mavzuga oid