Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmlik onkologlar Turkiyada ishlab chiqarilgan qurilmalar oldilar
Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA) Respublika ixtisoslashgan urologiya markazining Xorazm viloyatidagi onkologiya dispanseriga tibbiy qurilmalar taqdim qildi.
Agentlikning xabarida aytilishicha, Anqara urologiya klinikasi shifokori, O‘zbekistonda TİKA va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligi doirasida bo‘lgan Yilmaz Aslan shifoxonaga berilgan barcha qurilmani tekshiruvdan o‘tkazgan.
Turkiyalik mutaxassis shifoxona xodimlariga asboblar va qurilmalardan foydalanish bo‘yicha axborot bergan va ikki o‘zbek shifokori, jumladan urologiya markazi shifokori bilan ikki nafar bemorning operatsiya qilinishida ishtirok etgan.
Bu turk agentligining O‘zbekistondagi birinchi xayriya aksiyasi emas. Agentlik "Sog‘lom avlod uchun" xayriya jamg‘armasi bilan kelishuv asosida jamg‘armaning Samarqand viloyatidagi filiali tibbiy-ijtimoiy yordam mobil brigadasiga "Peugeot" rusumidagi "Mobil klinika" mashinasini taqdim qilgandi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026