Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘sulga berilgan havo zarbalarida 30 nafar mahalliy aholi qurbon bo‘ldi
Foto: Iraqi News
Iroqning Mo‘sul shahri aholisinining ma'lum qilishicha, IShID jangarilari nazoratida bo‘lgan hududga berilgan havo zarbalari 30 nafar tinch aholi vakilining umriga zomin bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, shaharning g‘arbiy tumanida uchta snaryad portlagan. Bu yerda jangarilar yetakchilaridan birining uyi nishonga olingani ehtimol.
Xabarlarda ta'kidlanishicha, portlash vaqtida jangari uyda bo‘lmagan, biroq, uning oila a'zolari qurbon bo‘lgan.
Avvalroq, Iroq harbiylari Mo‘suldagi Naynavo viloyat boshqarmasining binosini IShIDdan ozod qilgani haqida xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025