Jahon | 18:44 / 14.01.2017
20089
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya va Iroq bilan chegarada 330 kilometrlik devor qurdi

Turkiyaning Suriya va Iroq bilan chegarasi bo‘ylab uzunligi 330 kilometr keluvchi modulli beton devor qurildi. Bu xavfsizlikni ta'minlash maqsadidagi chora sifatida amalga oshirilgan.

Turkiya bosh shtabidan berilgan xabarga ko‘ra, devor qurilishi bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazilgan. Janubiy chegaralar bo‘ylab yana 191 kilometrlik qismda tikanli simlardan tashkil topgan to‘siqlar yaratildi.

Ko‘rilayotgan choralar sabab o‘tgan yilda davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha 57 186 holatning oldi olindi. Bularning aksariyati Turkiyaning Suriya bilan chegarasida kuzatilgan. Dunyoning 74 mamlakatidan bo‘lgan 424 641 kishi qo‘lga olindi. Ularning asosiysi qismi suriyaliklardan iborat (390 336 kishi).

Shu bilan bir qatorda, IShIDga borib qo‘shilishni istagan yollanma kishilar soni 2015 yil bilan taqqoslaganda yetti baravarga kamaygan.

Ma'lumot uchun, Turkiyaning Suriya bilan chegarasi “Firot qalqoni” amaliyoti sabab IShID terrorchilaridan ancha tozalandi. 2016 yilning 24 avgust kuni boshlangan amaliyot davrida avval IShID terrorchilari nazoratida bo‘lgan Suriyaning chegaraga yaqin hududlaridan o‘t ochishlar soni deyarli 3 baravarga kamaygan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid