Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAlik tadbikorlar Qozog‘istondagi xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirildilar
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Birlashgan Arab Amirliklari tadbirkorlarini Qozog‘istondagi keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga chaqirdi. Nazarboyev bu taklifini BAAga rasmiy tashrifi vaqtida bu mamlakatning ishbilarmonlik doiralari vakillari bilan uchrashuvda bildirdi.
Nazarboyev Qozog‘iston yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha kampaniya o‘tkazayotgani va uning doirasida 700 ga yaqin aktiv sotuvga qo‘yilganini ma'lum qildi. "Bular tog‘-metallurgiya, neft qazib oluvchi tarmoq, energetika, transport va aloqa, infratuzilma obektlari aksiyalaridir. Biz amirlik kompaniyalarining xususiylashtirishda ishtirok etishini qutlaymiz", deb aytgan Nazarboyev.
Nazarboyev BAA kompaniyalariga maxsus iqtisodiy va sanoat hududlari boshqaruvini olishni taklif qildi.
"Bizni BAAning sanoat hududlarini rivojlantirish bo‘yicha katta tajribasi qiziqtiradi. Biz bunday hududlarni amirlik kompaniyalari boshqaruviga berishga tayyormiz", deb aytgan Nazarboyev.
Ayni vaqtda Qozog‘istonda 10 ta maxsus iqtisodiy hudud va 20 ta sanoat hududi ishlamoqda.
BAAning Qozog‘istonga oxirgi 25 yil ichidagi bevosita investitsiyalari hajmi 2 mlrd dollarga yetgan.
Nazarboyev Ostonada umumiy qiymati 1,6 mlrd dollarlik "Abu Dabi plaza" investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.07.2026
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalish quradi - OAV
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
08:25 / 22.06.2026