Jamiyat | 10:39 / 16.01.2017
13102
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Hindistonda pedofil-jinoyatchi 500ga yaqin qizga hujum qilganini tan oldi

foto: AFP

Hindiston politsiyasi 13 yil mobaynida voyaga yetmagan qizlarning nomusiga tegib kelgan pedofilni ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu davr mobaynida 500ga yaqin voyaga yetmagan qiz uning qurboni bo‘lgan, deb yozmoqda Times of India.

Jinoyatchi 3 yil davom etgan keng qamrovli qidiruv amaliyoti natijasida qo‘l olingan.  Politsiya Dehlidagi ikki nafar qizning murojaatidan so‘ng, tergov ishlarini boshlagan. Jabrdiydalar bir odamning hujumiga uchragani taxmin qilingan. U qizlarga yangi libos olib berishni va'da qilgan. 

Tashqi kuzatuv kameralaridagi videolar o‘rganilgach, mahalliy aholi axborotlari jamlangach, tergovchilar gumondor – 38 yoshli tikuvchi Sunil Rastogi iziga tushishgan. Dekabr-yanvar oylarida yangi tajovuzlar haqida xabarlar kelib tushgan. Shundan so‘ng, politsiya informatorlarining ma'lumotlaridan so‘ng, Rastogi Dehlining sharqiy Kondli tumanida qo‘lga olgan. 

Rastogi so‘roq chog‘ida 2004 yildan beri 500 ga yaqin maktab o‘quvchisiga hujum qilganini tan olgan. Umuman, Rastogi, 2,5 ming marta voyaga yetmagan qizlarning nomusiga tegishga uringan. 

Ayni vaqtda politsiyaga ko‘ra, gumonlanuvchi aqli zaifga o‘xshaydi. Chunki, u qizil ko‘ylak va jinsi shim kiysa, politsiya uni hech qachon ushlay olmaydi, deb o‘ylaganini aytgan.

Mavzuga oid