Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamenti prezidentlik boshqaruviga o‘tish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi
Turkiya parlamenti birinchi o‘qishda, mamlakatni prezidentlik respublikasiga aylantirishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
18 moddadan iborat ushbu hujjatni hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament muhokamasiga kiritgan edi. Agar, u to‘liq qabul qilinsa, mamlakatni boshqarishning parlament shakli amal qilishi to‘xtatiladi. Bu boshqaruv shakli Turkiya respublikasi tashkil etilgach, 1923 yildan amalda edi.
Qayd etilishicha, mamlakat boshqaruv qonunchiligining o‘zgarishi, respublika prezidentiga farmonlar berish, mulozimlar va vazirlarni tayinlash hamda Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish masalasini referendumga qo‘yish huquqini taqdim etadi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti vakolatlarini kengaytiruvchi qonun loyihasini muhokama qilish chog‘ida parlament fraksiyalari munosabatlariga qo‘l yordamida oydinlik kiritib olishgan edi.
Mavzuga oid
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026