Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada maktab dasturidan Darvin nazariyasi chiqarib tashlandi
Turkiyadagi maktablar o‘quv dasturidan Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi chiqarib tashlandi. Buni Turkiya ta'lim vaziri Ismet Yilmaz ma'lum qildi. Bu haqda Turkishminute portali va Haberturk nashri xabar bermoqda.
Vazir matbuotda joriy o‘quv yili davomida kuchga kiradigan yangi o‘quv dasturi haqida ma'lumot berdi. Undagi o‘zgarishlardan biri katta sinflar uchun biologiya darsliklaridan evolyutsiya nazariyasining olib tashlanishi bo‘ldi. Uning o‘rnini atrof-muhit sharoitlarining irsiy o‘zgarishlarga ta'siri bo‘limi egalladi.
Vazir jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Darvin evolyutsiya nazariyasi faqatgina nazariya ekanligini aytdi.
Turkiyaning yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘z mafkurasi foydasiga ta'lim dasturlarini o‘zgartiraverishi sababli muntazam tanqidga uchrab keladi. Hurriet Daily nashrining ta'lim sohasidagi muxbiri PISA xalqaro ta'lim tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, mamlakatda ta'lim darajasi 2003 yildagi darajaga tushib ketganini aytgan. Uning fikricha, bu holat ta'lim vazirligi rahbariyatida muntazam o‘zgarishlar sodir etilishi sababli yuz bergan. Ta'lim tizimi va standartlari esa yangi rahbar kelishi bilan yana o‘zgartiriladi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026