Sport | 12:35 / 16.01.2017
5997
1 daqiqa o‘qiladi
“Yuventus” “Fiorentina”ga imkoniyatni boy berdi
Turinning “Yuventus” futbol klubi Italiya chempionatining 20-turi doirasida “Fiorentina” klubi bilan kuch sinashdi. “Artemio Franki” stadionida kechgan bellashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
G‘olib jamoa safida Nikola Kalinich va Milan Badel o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, turinliklar safida Gonsalo Iguain bitta to‘p kiritdi. Shu tariqa, “Yuventus”ning chempionatdagi to‘rt uchrashuvli g‘alabali seriyasiga barham berildi.
“Yuventus” (45 ochko) Italiya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Fiorentina” (27) – yettinchi o‘rinda.
Mavzuga oid
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
23:01 / 28.07.2023