Iqtisodiyot | 10:04 / 16.01.2017
3616
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada 100 bolivarlik kupyuralar amal qilishi yana uzaytirildi

foto : ria.ru

Venesuela hukumati mamlakatda eng keng tarqalgan 100 bolivarlik milliy pul birligi amal qilish muddatini 20 fevralgacha uzaytirdi. Bu haqda davlat rahbari Nikolas Maduro ma'lum qilgan.

"Men kupyuralarning muomalada bo‘lishini yana bir oy, 20 fevralgacha uzaytirdim", — deya prezident Maduro so‘zlarini keltiradi Reyter agentligi. 

2016 yil dekabr oyi o‘rtalarida Nikolas Maduro 72 soat mobaynida 100 boliarlik kupyuralar muomaladan olinishini ma'lum qilgan, bu vaqtda uning qora bozordagi kursi atigi 2,5 sentga to‘g‘ri kelar edi. Biroq, keyinchalik, banknota muomalasi ikki marta, 2 yanvar hamda 20 yanvargacha uzaytirildi. 

Mamlakat Markaziy banki 500 dan 20 ming bolivargacha bo‘lgan 6ta yangi kupyurani ishlab chiqqanini e'lon qilgan, ammo, ular hozircha, muomalaga kiritilgani yo‘q.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid