Fan-texnika | 21:43 / 17.01.2017
2927
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook Parijda o‘zining ilk startap-inkubatorini ochadi

Facebook 2017 yilning bahorida Parijda o‘zining ilk Startup Garage nomli startap-inkubatorini ochadi. Bu haqida Facebook ijrochi direktori Sheril Sendberg xabariga asoslanib, Business Insider nashri ma'lum qildi

Facebook 2017 yilning aprelida ish boshlashi kerak bo‘lgan inkubatorini Station F kampusida, avvalgi temir yo‘l stansiyasi o‘rnida ochadi. 34 ming kvadrat kilometrli inshoot 3 ming ishchi o‘ringa mo‘ljallangan. 

Sendberg kompaniya dastur ishtirokchilari uchun 80 ishchi o‘rin tashkillashtirmoqchi ekanligi va har yarim yilda 10-15 startap bilan ishlash niyati haqida ma'lum qildi. Facebook inkubator qatnashchilari bilan dizayn, iste'molchi tajribasi, marketing, texnik qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularda seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 

Kompaniya inkubatorda ishtirok etish uchun ijtimoiy tarmoqdagi loyiha sahifasi orqali buyurtma qabul qilmoqda. Facebook dastur ishtirokchilari loyihalari va ularning intellektual mulkidagi ulushiga talabgor bo‘lmasligini ma'lum qildi. 

Facebook o‘z dasturiga bir necha yil davomida millionlab yevro kiritishni rejalashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqdan tashqari, Station F loyihasi bilan fransuz va xalqaro venchur firmalari, biznes-inkubatorlar tashkilotchilari va yuqori texnologik kompaniyalar hamkorlik qilishadi. 

"Biz iqtisodiy o‘sish va ishchi o‘rinlar yaratish uchun katta salohiyatga ega fransuz startaplarining yangi avlodini qo‘llab-quvvatlashdan xursandmiz", - dedi Sendberg.

Station F investori - fransuz texnomilliarderi Ksave Nil. Loyihaga 250 million yevro sarmoya kiritilgan. 

Mavzuga oid