Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Rolls-Royce korrupsiya mojarosi sababli uch davlatga 817 mln dollar jarima to‘laydi
Buyuk Britaniyaning lyuks avtomobillar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi korrupsiya mojarosiga barham berish uchun AQSh, Buyuk Britaniya va Braziliya hukumatlariga jarima to‘laydi. Umumiy hisobda 671 mln funt sterling (817,2 mln dollar) to‘lanadi, deb yozadi Financial Times nashri.
Aniqlik kiritilishicha, Rolls-Royce kompaniyasi Qo‘shma Shtatlar adliya vazirligiga 169,2 mln dollar, Braziliya federal prokuraturasiga 25,6 mln, Buyuk Britaniya yirik firibgarlikka qarshi kurash xizmati (Serious Fraud Office, SFO)ga 497,3 mln funt (605,7 mln dollar) jarima to‘laydi.
Tomonlar ushbu kelishuvga oydinlik kirituvchi bitimni imzolashgan.
Britaniya korrupsiyaga qarshi xizmati (SFO) 2012 yilda Rolls-Royce kompaniyasiga nisbatan tergov ishlarini boshlagan edi. Firma Xitoy va Indoneziyada korrupsiya aralashgan kelishuvlarni tuzganlikda ayblangan edi. AQSh adliya vazirligi esa, 2014 yilda avtomobil ishlab chiqaruvchisiga nisbatan ish ochdi. O‘sha yili kompaniya Braziliyada ham korrupsiyada ayblana boshlandi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026