Jahon | 23:13 / 17.01.2017
27921
5 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng dinamik rivojlanib kelayotgan 30 shahar va aglomeratsiyasi

Jones Lang LaSalle konsalting agentligi "Shaharlarning 2017 yildagi rivojlanish indeksi"ma'ruzasiga oid ma'lumotlarni chop etdi va eng dinamik rivojlanib kelayotgan hududlar haqida ma'lumot berdi.

Asosiy rol - texnologiyalar va innovatsiyalarda

"Shaharning iqtisodiyotdagi tezkor o‘zgarishlardan maksimal foyda olish xususiyati uning dunyo maydonidagi raqobatbardoshlik xususiyatini belgilab beradi", - deyiladi "Shaharlarning 2017 yildagi rivojlanish indeksi"ma'ruzasida.

Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda yashashi, urbanizatsiya darajasi esa eksponentsial o‘sishi tufayli shaharlar muvaffaqiyati asta-sekinlik bilan katta ahamiyat kasb etib boradi. Shahar taraqqiyoti sur'atlarini belgilab beruvchi omillar - bu texnologiya va innovatsiyalar. Ushbu harakatga keltiruvchi kuchlarni eng yaxshi qabul qiluvchi va qo‘llovchi shaharlar g‘oliblar orasida bo‘lishlari mumkin.

JLL tadqiqotiga ko‘ra, eng dinamik rivojlanuvchi 30 shaharning yarmidan ko‘pi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan. Reytingdagi birinchi o‘rin Hindistonning AT-poytaxti Bangalorga nasib etdi. Bundan tashqari, Hindiston tezkorlik bilan rivojlanayotgan shaharlar soni bo‘yicha hatto Xitoyni ham ortda qoldirib, yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Shunisi ayonki, bu shaharlar bir-biri bilan uzviy aloqa o‘rnatmoqda va o‘sish sur'atlari bo‘yicha o‘z milliy iqtisodiyotlarini ham ortda qoldiradi. Ularni yana bir umumiy belgi birlashtiradi: ular tadqiqot va ta'lim resurslarini asosiy o‘ringa chiqarib va infratuzilma rivojiga tnvestitsiya kiritib, o‘z muvaffaqiyatlarini mustahkamlashmoqchi.

Ekologiya va hamyonbop ko‘chmas mulk — qo‘shimcha omillar

Yashash qulayligi ham shaharlar taraqqiyotidagi eng muhim omillardan biri bo‘lib bormoqda. Masalan, bo‘sh turar-joy va tijorat inshootlarining yo‘qligi tufayli San-Frantsisko bu yil 21-o‘ringa tushib ketdi, Hongkong esa umuman reytingga kiritilmadi. Shuningdek ekologiya ham taraqqiyot dinamikasiga ta'sir ko‘rsatadi. Nobop ekologiya tufayli Dehli (23-o‘rin) va Pekin (15-o‘rin) top-10 reytingiga kira olmadi.

Shaharlar har yili o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishiga qaramay, uch hudud har yili top-10 ro‘yxatidan joy oladi - bu London, Shanxay va Kremniy vodiysi.

Qisqa muddatli va uzoq muddatli omillar

Indeks 134 shahar va aglomeratsiyani 42 mezon bo‘yicha baholaydi. Ularni uch guruhga birlashtirish mumkin: ikkitasi qisqa muddatli iqtisodiy o‘zgarishlar nuqtai nazaridan ustunliklarni aks ettirsa, bittasi - uzoq muddatli ustunliklarni ifodalaydi.

Shahar yakuniy bahosining 40 foizini belgilab beruvchi birinchi guruh ijtimoiy-iqtisodiy omillarni o‘z ichiga oladi: YaIM, aholi, aviayo‘lovchilar, korporativ shtab-kvartiralar, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar soni.

Ikkinchisi (yakuniy bahoning 30 foizi) qurilish sur'atlari, ijara stavkasi, investitsiyalar soni va iqtisodiyotning ma'muriy hamda mehmonxona sektori, shuningdek chakana savdoda shaffoflikni inobatga olgan holda ko‘chmas mulkka qaratiladi.

Uchinchisi (yakuniy bahoning 30 foizi) innovatsiya, texnologik mahorat, ta'lim olish imkoni va atrof-muhit sifatini ifodalaydi.

Patternlar o‘zgarishi

Patternlar har bir shaharning vaqt o‘tgan sari reytingdagi pozitsiyasi dinamikasiga qarab paydo bo‘ladi. Bir tomondan, dunyoning o‘zgarishlarga moslashib, mahalliy kompaniyalarni rivojlantirishda texnologiyalarni qo‘llovchi London (6-o‘rin), Nyu-York (14), Parij (17) va Los-Anjyeles (27) kabi "barqaror" shaharlari mavjud.

Boshqa tomondan esa, yuqori salohiyatli shaharlar bor, masalan Xoshimin (2-o‘rin) va Xanoy (8-o‘rin). Ular kam daromadli ishlab chiqarishdan yuqori qo‘shimcha daromadli faoliyatga o‘tish hisobiga xalqaro investorlar kapitalini jalb qilmoqda. Rivojlanish bumini boshdan kechirayotgan Nayrobi (10-o‘rin) mintaqaviy texnologik xab nomi uchun nomzodlar ro‘yxatida.

2016 yilgi reytingga taqqoslaganda, ba'zi shaharlar taraqqiyoti sekinlashdi. O‘tgan yilgi indeksning top-20 reytingida qayd etilgan Tokio, Seul va Singapur bu yil ro‘yxatga kiritilmadi.

Mavzuga oid