World Visualized infografikasiga köra, dunyodagi eng baland doimiy aholi yaşaş maskani Peruning janubi-şarqida joylaşgan La-Rinkonada şahri hisoblanadi. U dengiz sathidan taxminan 5 100 metr balandlikda, And toğlaridagi Ananea oltin koni yaqinida joylaşgan.

Şaharda kommunal xizmatlar yetarli darajada rivojlanmagan bölsa-da, noqonuniy va xususiy oltin qazib olişning kengayişi tufayli aholi soni tez ösgan. Ilmiy tadqiqotlarga köra, bu yerda havodagi kislorod miqdori dengiz sathidagiga nisbatan qariyb ikki baravar kam bölib, La-Rinkonada Yer yuzida yaşaş eng qiyin bölgan şaharlardan biri sanaladi.

Dunyodagi eng baland joylaşgan önta aholi punktining uçtasi Boliviya hududida joylaşgan.

Şulardan biri — dengiz sathidan 4 150 metr balandlikda joylaşgan El-Alto şahri bölib, u sayyoradagi eng baland yirik şahar sifatida e’tirof etiladi. Sönggi ön yilliklarda şahar Boliviyaning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiy markazlaridan biriga aylangan. U qöşni La-Pas şahri bilan avtomobil yöllari va dunyodagi eng baland şahar kanat yöllaridan biri orqali boğlangan.

Yaqin atrofda joylaşgan Potosi şahri ham dengiz sathidan taxminan 4 050 metr balandlikda joylaşgan. XVI asrda Serro-Riko toğidagi boy kumuş konlari oçilganidan keyin Potosi dunyodagi eng boy şaharlardan biriga aylangan. Ispaniya imperiyasi davrida bu yerdan olingan kumuş Yevropaga katta hajmda olib ketilgan va Ispaniyaning jahon miqyosidagi ekspansiyasini moliyalaştirişda muhim örin tutgan.

Foto: World Visualized



Köpçilik Boliviya poytaxti deb hisoblaydigan La-Pas rasman mamlakatning ma’muriy poytaxti hisoblanadi. Şaharning turli hududlari dengiz sathidan 3 650–3 870 metr balandlikda joylaşgan. Bu yerda hukumat va asosiy davlat idoralari faoliyat yuritadi, mamlakatning konstitutsiyaviy poytaxti esa Sukre şahri hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, dengiz sathidan 2 500 metrdan yuqori balandlikda doimiy yaşaş inson organizmiga jiddiy yuklama beradi. Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga köra, bunday hududlarda kislorod yetişmasligi u yerga yangi kelgan odamlarning jismoniy imkoniyatlarini keskin pasaytiradi.