Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda aviahalokat qurbonlarining yaqinlariga ming dollardan beriladi
Qirg‘iziston hukumati Bishkek shahri yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lgan va jabrlanganlarning oilalariga 70 ming som (ming AQSh dollariga yaqin)dan yordam puli ajratadi. Bu haqda hukumat yig‘ilishida respublika bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ma'lum qilgan.
"Ushbu moddiy yordam har bir oilaga beriladi", - deb ta'kidlagan bosh vazir. Avvalroq, favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish shtabi qurbon bo‘lganlarning oilalariga respublika prezidenti Almazbek Atambayev jamg‘armasidan 100 ming somdan (1,4 ming dollarga yaqin) yordam puli berilishini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Turkiya aviakompaniyalaridan biriga tegishli Boeing 747 yuk tashuvchi samolyoti Bishkekning Manas aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan edi. U Hongkong-Bishkek-Istanbul yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, layner 23 ta bir qavatli uylarni butunlay vayron qilgan, kamida 35 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Shu munosabat bilan, 17 yanvarda Qirg‘izistonda milliy motam kuni deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026