Jahon | 15:17 / 17.01.2017
7468
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh uchuvchisiz uchar qurilmasi Afg‘onistonda halokatga uchradi

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida AQShga tegishli uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchradi. Toliblar uni jangarilar urib tushirganini ma'lum qilishgan bo‘lsa, AQSh qurolli kuchlari bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytgan. Bu haqda Pajhwok Afghan News agentligi ma'lum qildi.

Dushanba kuni kechqurun yuz bergan hodisa haqida agentlikka Afg‘oniston kuch mahkamalaridagi manba xabar bergan. Shu bilan bir qatorda, u bunga nima sabab bo‘lganini oydinlashtirmagan. Mahalliy hukumat vakili esa ushbu hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati aynan uning jangarilari Amerikaning bu qurilmasini urib tushirganini ma'lum qilgan.

“Biz uchuvchisiz uchar qurilmalarimizdan biri Nangarhor viloyatida dushanba kuni halokatga uchraganini tasdiqlaymiz. Shuningdek, u urib tushirilgan emas, balki dvigatel ishidagi nosozlik sabab qulaganini ma'lum qilamiz”, - deya Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlari rasmiy vakili agentlikka ma'lum qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid