19:01 / 18.01.2017
7063

«Yashil haftalik 2017»: meva-sabzavot yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash imkoniyatlari bo‘yicha salohiyat taqdimoti

O‘zbekiston delegatsiyasi 20 yanvar kuni «Yashil haftalik 2017» an'anaviy xalqaro qishloq xo‘jalik yarmarkasida ishtirok etish uchun Germaniyaning Berlin shahriga yo‘l oladi.

«Yashil haftalik» oziq-ovqat sanoati, bog‘dorchilik, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ulkan tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu safargi ko‘rgazmada dunyoning 65 mamlakatidan 1550 dan ortiq kompaniyalari va fermer xo‘jaliklari ishtirok etishi, 380 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi «O‘zvinosanoat-xolding», «O‘zagroeksport» va «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniya vakillari tomonidan namoyish qilinadi. Stendda «Agromir Grupp» MChJ QK, «Natural Juice» MChJ AF, «Marwinbrands» MChJ, «MasterGlobalPlus» MChJ, «SunnyFruitsProduction» MChJ, «Beradagro» MJCh, «GoldDriedFruits» MChJ, «Intersok» MChJ va «Intersok» MChJ QK kabi korxonalar mahsulotlari qo‘yiladi.

«Yashil haftalik-2017» xalqaro ko‘rgazmasi 29 yanvarga qadar davom etadi.

Top