Tehronda bino qulab tushishi oqibatida kamida 30 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi

Eron poytaxti Tehron shahrida joylashgan binoda yuzaga kelgan yong‘in oqibatida kamida 30 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Inshoot keyinchalik qulab tushgan, deb xabar berdi Press TV mahalliy telekanali.
Rasmiy manbalar ma’lumotiga ko‘ra, vayronalar ostida 50-100 nafar inson qolayotgan bo‘lishi mumkin. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelishgan, ular itlar yordamida tirik qolganlarni topishga harakat qilmoqda. Eron televideniyesi tomonidan namoyish etilgan kadrlarda qulagan ko‘p qavatli bino yonidagi imorat ham jiddiy zarar ko‘rgani tasvirlangan.
Shaharda favqulodda holat e’lon qilindi. Tehron hokimi Baler Qolibof ham hodisa yuz bergan joyga yetib kelgan.
Avvalroq Tasnim agentligi binoda yuzaga kelgan yong‘in tufayli 40 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgani haqida xabar bergandi.
Ma’lumot uchun, “”Plasko” savdo markazida yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8 da chiqqan. Olov binoning to‘qqizinchi qavatida yuzaga kelgan hamda majmuaning yuqori qismlariga tezda tarqalgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish guruhlari 3,5 soat davomida uni o‘chirishga harakat qilishdi. Yonayotgan bino 11:30 da qulab tushdi.
“Plasko” majmuasi 1962 yilda qurilgan bo‘lib, Tehronning eng baland binolaridan biri hisoblanardi. Savdo markazida kiyim-kechak va oyoq kiyimi sotish bilan shug‘ullangan ko‘plab do‘konlar bo‘lgan.
Ayni damda vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Qayta yong‘in chiqish xavfi bor. Shahar markazida kuchli tutun tufayli avtomobillar harakati murakkablashgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
-
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi
Jahon | 22:46 / 19.05.2025
-
19 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 19.05.2025
Mavzuga oid

19:31 / 18.05.2025
Hindistonda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

07:49 / 16.05.2025
Toshkentda vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘ldi

21:56 / 15.05.2025