Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hududida 5 yil ichida 180 000ga yaqin suriyalik bola dunyoga keldi
Foto: AA
2011 yildagi ziddiyatlar fuqarolik urushiga aylanib ketganidan buyon 180 000ga yaqin suriyalik bola Turkiyada dunyoga keldi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2011 yilning aprel oyidan 2016 yilning sentabriga qadar umumiy hisobda 177 568 suriyalik tug‘ilgan.
Turkiya suriyalik qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha yetakchi davlat hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakat muhojirlarga yordam ko‘rsatish uchun jami 25 milliard dollarga ega.
Bunday mas'uliyat muhojirlarni nafaqat turar-joy bilan ta'minlash, balki ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, ta'lim berish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Ularga sakkiz dala shifoxonasi va qochqinlar lageridagi 65 tibbiyot markazida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
09:33 / 02.01.2026
SSV: yangi yilning birinchi kunida 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi
18:46 / 01.01.2026
2026 yilning ilk kunida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘onada qayd etildi
11:39 / 27.12.2025
Yanvar–sentabr: har 44 ta tug‘ilishdan biri egizak
21:42 / 21.12.2025