Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya TIV rahbari mamlakat AQShning ko‘rsatmalariga muhtoj emasligini aytdi
Fransiya shu kunga qadar mustaqil siyosat olib borgan va u AQSh yangi ma'muriyatining ko‘rsatmalariga muhtoj emas. Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro Europe1 radiostansiyasi efirida ana shunday bayonot bildirdi.
"Fransiya AQShning ko‘rsatmalariga muhtoj emas. Fransiya mudofaa sohasida o‘z siyosatiga ega, mustaqil tashqi siyosat yurituvchi mamlakatdir. Shuningdek u BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi hisoblanadi", - dedi vazir. U Parij va Vashington "bir qator masalalarni muhokama qilishiga to‘g‘ri kelishi, biroq AQShning agressiv pozitsiyasi oldinga harakatlanish va ikki mamlakat o‘rtasida normal munosabatlar yo‘lga qo‘yilishiga imkon bermasligi"ni ta'kidladi.
"Bizga kuchli Yevropa kerak, chunki hozir asta-sekinlik bilan xalqaro munosabatlarning yangi tizimi shakllanmoqda", - dedi Eyro va Yevroittifoqning barcha mamlakatlari AQSh bilan munosabatlar qanday bo‘lishi kerakligini muhokama qilib olishi kerakligini aytdi.
Fransiyaning AQSh va Rossiya bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berar ekan, Jan-Mark Eyro shunday dedi: "Tramp Rossiya bilan alyans yaratish haqida gapirganida men uning qanday qilib tez orada bunga erishmoqchi ekanini tushuna olmayman. Ro‘y berayotgan voqealar qandaydir serial emas, real siyosatdir. Endi Tramp mamlakat boshqaruvi bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa oson ish emas", - dedi fransuz siyosatchisi.
Mavzuga oid
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
22:40 / 15.01.2026
AQSh Meksikadan narkokartellarga qarshi reydlar o‘tkazishga ruxsat olmoqchi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
21:29 / 15.01.2026