Jahon | 19:18 / 21.01.2017
10715
2 daqiqa o‘qiladi

Marin Le Pen: Trampning saylanishi Yevropaga Brexit’dan so‘ng ikkinchi zarba bo‘ldi

Foto: AFP

Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi Yevropaga Brexit’dan so‘ng ikkinchi qattiq zarba bo‘ldi. Bu haqda Fransiyaning “Milliy front” partiyasi yetakchisi, mamlakat prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Germaniyaning Koblents shahrida tashkil etilgan Freedom for Europe anjumanida ma'lum qildi.

"Qo‘hna Yevropa uchun ikkinchi zarbani (Brexit’dan so‘ng) uzoq kutish kerak bo‘lmadi – janob Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi", - dedi Le Pen.

Uning ta'kidlashicha, "uning Yevropa bo‘yicha pozitsiyasi ma'lum va tushunarli". "U kishilarga zulm o‘tkazish tizimini qo‘llab-quvvatlamaydi", - dedi Le Pen.

Koblents shahridagi anjuman ishida Yevroparlamentning o‘ta o‘ng fraksiyasi "millatlar va ozodlik Yevropasi" vakillari ishtirok etmoqda. Uning tarkibiga Fransiyaning Milliy fronti, Belgiyaning "Flamand manfaati" va Italiyaning "Shimol ligasi" partiyalari kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid