11:28 / 21.01.2017
6623

Pentagon yangi rahbari ittifoqdoshlar bilan alyanslarni mustahkamlash haqida gapirdi

AQSh yangi mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Vashingtonning ittifoqdoshlar bilan munosabatlari mustahkamlanishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Pentagon xodimlariga yuborilgan murojaat matnida aytilgan. U mahkama saytida 20 yanvar, juma kuni taqdim etildi.

Dengiz piyoda qo‘shinlari korpusining iste'fodagi generali so‘zlariga ko‘ra, Pentagon razvedka hajmiyati bilan birgalikda amerikalik fuqarolar himoyachisi sanaladi. «Biz hech bir mamlakat o‘z xavfsizligini do‘stlarsiz ta'minlay olmasligini e'tiborga olib, Davlat departamenti bilan alyanslarni mustahkamlash ustida ish olib boramiz», - ta'kidlab o‘tdi Mettis.

Bundan tashqari, Pentagon rahbari mahkamaga ajratilgan bir dollar ham bekorga sarflanmasligiga va'da berdi. «Biz shu tariqa Kongress va Amerika xalqining ishonchini qozonamiz», - qo‘shimcha qildi u.

AQSh Kongressi senati 20 yanvar kuni Mettisni mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishini tasdiqladi. U AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan so‘ng yangi ma'muriyatning tasdiqlangan birinchi a'zosiga aylandi. Shundan so‘ng, iste'fodagi general qasamyod qabul qildi.

Ma'lumot uchun, 20 yanvar kuni Vashington shahridagi Kapitoliy binosi hovlisida AQSh 45-prezidenti Donald Trampning tantanali inauguratsiyasi marosimi bo‘lib o‘tdi. U mamlakat va Konstitutsiyaga sodiq bo‘lishiga tantanali qasamyod qildi.

Mavzuga oid
Top