19 dekabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp amerikalik askarlarni Suriyadan çaqirib olişga qaror qilganini aytdi. Unga köra, AQŞ Qurolli kuçlari «IŞID» guruhi ustidan töliq ğalaba qozonib, ularning Suriyada qiladigan işi qolmagan. Aynan «ğalaba» mamlakatdan harbiylarni olib çiqişga turtki bölgan omil sifatida körsatilmoqda.
Prezident taşabbusini Kongressdagi demokratlardan tortib, «öziniki» bölgan respublikaçilar ham tanqid qilişga ulgurdi. 20 dekabr kuni esa AQŞ Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis iste'fo sörab, davlat rahbariga murojaat qildi. Xuddi kutilgan voqea, şunaqa emasmi?
AQŞ taşqi siyosati bilimdoni, Bloomberg jurnalisti Ilay Leykning fikriça, Mettisning oşkora iste'fo talab etişi - uning prezident siyosati bilan kelişolmay qolganidan keyin yuz bermayapti. Balki, bu harakatlar Trampning respublikaçilar orasidagi legitimligini şubha ostida qoldiradi. Suriya böyiça bildirilgan qaror esa rasmiy Oq uy doimo intilgan «yangi dunyo tartiboti»ni çilparçin qilib yuboradi. Asosiysi, Vaşington endi döstlari haqida qayğurmaydi.
Prezident xotirjamlikni saqlab, bosiqlik bilan Mudofaa vazirini işdan böşatişini ommaga, har galgidek, Tvitter orqali e'lon qildi. Hodisaning bunday köriniş olganini ommaga boşqaça talqin etiş ham mumkin: Tramp Mettisning sözlariga quloq solmadi va öz rejasida sobit. Menimça ham şunday, u oxiri öylab körilmagan rejasi böyiça iş qilişni ma'qul körgan. Aftidan, prezident AQŞ harbiylarini Afğonistondan ham çaqirib oladi. Negaki, Mudofaa vazirini siyosiy qarorlar kelişmovçiligi emas, bundan ham muhim sabablar Prezident jamoasi safidan çiqişga majbur qilgan. Mettis bu haqda Donald Trampdan iste'fosini sörab, zudlik bilan yozib çiqqan maktubida bildiradi.
«Bir millat sifatida bizning kuçimiz hamkor va ittifoqdoşlarimiz bilan yölga qöyilgan tizimda edi... Xavfsizligimizning kafili böluvçi dunyo tartibotini saqlab, uni mustahkamlaş uçun qölimizdan kelgan barça işni uddalaşimiz kerak. Bu işda ittifoqdoşlarimizning metin bölişi bizga qöl keladi... Manfaatlarimizga mos bölmagan strategik manfaatni ilgari surayotgan mamlakatlarga nisbatan yakdil va sobit munosabatimizni saqlab qolişimiz kerak», – deydi u maktubda.











