Kaliforniyada bölib ötgan xavfsizlik böyiça forumda sözga çiqqan Pentagon rahbari Jyeyms Mettis «Rossiya noyabr boşida bölib ötgan saylovlarga yana aralaşişga uringanini» ma'lum qildi. Ammo u Moskva Kongress deputatligiga ovoz beriş jarayoniga ta'sir körsatişga qay tarzda uringaniga aniqlik kiritmadi.
«Putin xatolaridan xulosa çiqarmayapti. Bu xatolarini tan olmasligi uning xalqiga nisbatan duşmanlikni paydo qilyapti. Putin xalqaro kelişuvlarni buzayotganini körib turibmiz. Biz işoniş mumkin bölmagan odamga duç kelganmiz», deya Mettisning sözlaridan iqtibos keltiradi Reuters.
Mettis keyingi yilda Rossiya-Amerika munosabatlari «şubhasiz yomonlaşganini» e'tirof etdi.











