AQŞning sobiq mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Pokistonni jamiyatining radikallaşuvi va yadro salohiyatining jadal oşib borayotgani sababli dunyodagi eng xavfli davlat deb atadi. U bu haqda özining “Call Sign Chaos” deb nomlangan yangi kitobida yozdi. Avtobiografik asar 3 sentyabrda çiqdi. 

“Biz dunyodagi eng jadal oşayotgan yadro arsenali bu davlatdagi terrorçilar qöliga tuşişiga yöl qöya olmaymiz. Natija falokatli böladi”, deb ta'kidlab ötgan sobiq mudofaa vaziri öz kitobida.

 “Siz radikallaşgan jamiyatni olib, unga dunyoda eng jadal oşayotgan yadro arsenalini qöşsangiz, bizga nima uçun hozirda e'tiborni qurollanişni nazorat qiliş va tarqatmaslikka qaratişimiz kerakligini anglab yetasiz. Bu hozirda dunyodagi eng katta muammodir”, deb davom ettirgan Mettis.

Uning aytişiça, bugungi kunda Pokistonda mamlakatning kelajagi haqida qayğura oladigan yetakçi yöq. 

Jyeyms Mettis Donald Tramp ma'muriyati 2017 yil yanvarda öz işini boşlaganidan Pentagonga rahbarlik qilgan. U Trampning Suriyadan qöşinlarni olib çiqiş qaroriga qarşi çiqqaç, 2018 yil 31 dekabrda iste'foga ketgan. “Siz qaraşlari qaraşlaringizga mos keladigan mudofaa vaziriga ega bölişga haqlisiz”, deb yozgandi general iste'foga ketişi oldidan Trampga yozgan maktubida. 

Trampning özi Mettisning mudofaa vaziri lavozimidagi faoliyatidan norozi qolgan.