AQŞ prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri Jyeyms Mettis 2019 yil fevral oxirida pensiyaga ketişini e'lon qildi. 

“General Mettis mening ma'muriyatimda mudofaa vaziri lavozimida ikki yil işlagandan keyin fevral oxirida pensiyaga ketadi”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp yangi mudofaa vaziriga nomzod yaqin orada ma'lum qilinişini qöşimça qilgan. “Jimning faoliyati davomida katta taraqqiyotga erişildi. General Mettis ittifoqdoşlar va boşqa davlatlarni harbiy majburiyatlaridagi öz uluşini tölaşga majbur qila olişda yordam berdi”, deyilgan Tramp xabarida.

Mettis maktubida Tramp özining qaraşlariga yaqin qaraşlarga ega bölgan mudofaa vazirini topa olişi uçun iste'foga ketişini aytgan. U Vaşington mustahkam iqtisodiy munosabatlarni qöllab-quvvatlamasdan va “ittifoqdoşlarga hurmat körsatmasdan” öz manfaatlarini himoya qila olmasligini ta'kidlab ötgan. 

“Sizda qaraşlari siznikiga yaqin bölgan mudofaa vaziriga ega böliş huquqi borligi sababli, men öz fikrimda qolgan holda iste'foga ketişga haqliman, deb hisoblayman”, deb aytgan Pentagon rahbari. 

Iste'foga ketişni Mettisning özi söragan. Uning bu haqdagi maktubi 20 dekabrda  topşirilgan. Hujjatga köra, mudofaa vaziri prezident bilan kelişmovçiliklar sababli iste'foga ketişga qaror qilgan.

Mettis Pentagonni 2017 yil 20 yanvardan boşqara boşlagan. Bungaça u AQŞ dengiz piyoda qöşinlari korpusida xizmat qilgan, Afğoniston va Iroqdagi harbiy harakatlarda iştirok etgan. Mettis, şuningdek, NATO qurolli kuçlarida qurol-aslahalarni modernizatsiya qilişga boşçilik qilgan va AQŞ qurolli kuçlarining tasarrufida Örta Şarq, Şarqiy Afrika va Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bölgan markaziy qömondonligiga rahbar bölgan.