Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston valyutaning erkin konvertatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi bilan valyuta, qimmatbaho metall va toshlar bozorini liberallashtirish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilgan.
Shu tariqa, 2017 yilda milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish amalga oshirila boshlaydi. Bu uning erkin konvertatsiyaga o‘tishini ta'minlaydi. Choralar kompleksi shuningdek, xorijiy valyutalarning birjalarda erkin aylanishini ham ta'minlaydi. Bu haqda norma.uz xabar bermoqda.
Davlatning alohida rejalarida – eksportchilar tomonidan valyuta tushumlarini majburiy sotilishini bekor qilish ham bor. Bu xomashyo eksportchilardan (paxta tolasi, tabiiy gaz, metallar va hk.) tashqari barcha tashkilotlarni qamrab oladi.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston hududida xorijiy valyutada ish va xizmatlarga narx qo‘yish amaliyoti bosqichma-bosqich tugatiladi.
Bundan tashqari, qimmatbaho metall va toshlar importini litsenziyalashni bekor qilish ham rejalashtirilmoqda. Bu mahalliy tilladan tayyorlangan zargarlik buyumlari eksportiga belgilab qo‘yilgan norma (95 foiz)ni kamaytirib, bu sohadagi eksport jarayonlari hamda ichki aylanmani ancha yengillashtiradi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026