Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada tanasiga 258 telefonni o‘rab olgan kontrabandachilar qo‘lga olindi
Turkiya politsiyasi shanba kuni mamlakatning janubi-sharqiy qismidagi Bitlis viloyatida 258ta smartfonlarni tanasiga o‘rab olgan ikki kontrabandachini qo‘lga oldi.
Ikki kontrabandachi politsiya xavfsizlik tekshiruvlarini o‘tkazayotgan chog‘i avtobus ichida qo‘lga olingan.
Bitlis viloyati Eron, Suriya va Iroq chegaralaridan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan.
QIP (Qurdiston ishchilar partiyasi) terrorchilik tashkiloti a'zolari Turkiyadagi terror guruhlarini ta'minlab turish uchun Iroq chegarasi orqali kontrabanda tovarlarini o‘tkazishni yaxshi bilishadi.
Buni yo‘q qilish yoki tartibga keltirish uchun qo‘yilgan qat'iy choralarga qaramay, kontrabanda chekka hududlarda yashovchi insonlar uchun muhim daromad manbai sanaladi.
Politsiya kontrabandachilarni hibsga olmay sud sharti bilan ozod qilganini ma'lum qildi. Biroq tovarlar terror guruhlarini ta'minlash uchun kontrabanda mahsulotlari bo‘lishi ehtimoli haqidagi ma'lumotni oshkor qilmadi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
22:23 / 08.06.2026